Ta‘mirlash ishlarida xafsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmagan brigada ish joyidan chetlashtirildi
2026-04-15 12:45:00 / Yangiliklar
Nazorat

O‘zenergoinspeksiya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida energetika obyektlarida olib borilayotgan ekspluatatsiya ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Nukus shahridagi 405-sonli transformator punktida ta'mirlash ishlarini olib borayotgan brigada xafsizlik texnikasi qoida talablariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.
