Energiya audit talablari bajarilmagan korxonaga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi
2026-04-14 10:50:00 / Yangiliklar

Yiliga 500 va undan ortiq tonna shartli yoqilg‘ini hamda 250 va undan ortiq tonna motor yoqilg‘isini iste’mol qiladigan yuridik shaxslarda o‘tkazilgan energiya auditi natijalari bo‘yicha O‘zenergoinspeksiya tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida faoliyat yuritib kelayotgan "Sh." aksiyadorlik jamiyati energiya audit ishlarini o‘tkazilishi belgilangan. Ammo, o‘rganish davomida shu kunga qadar o‘tkazilgan energiya audit natijalariga ko‘ra, belgilangan chora-tadbirlar rejasi to‘liq bajarilmaganligi aniqlandi
O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, energiya auditini o‘tkazmagan korxonaga nisbatan o’rtacha oylik energiya iste’moli qiymatining uch foizi miqdorida 16,2 million so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
