O‘zenergoinspeksiya 2025-yil yakunlari yuzasidan Ochiqlik indeksi bo‘yicha 2024-yilga nisbatan yana 27,5 ballga yuqoriladi
2026-04-13 14:50:00 / Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, 2025-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.

O‘zenergoinspeksiya 98 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari orasida 78,6 ball bilan 42-o‘rinni qayt etdi.
Eslatib o‘tamiz, Ochiqlik indeksi bo‘yicha Inspeksiyaning reyting ko‘rsatgichlari 2023-yilda 36 ball, 2024-yilda 51,2 ball bilan “qoniqarsiz” deya baholangan edi.
O‘zenergoinspeksiya joriy yilda ham mazkur talablarga qatʼiy amal qilgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik bilan ish yuritishda davom etadi.
