Joriy yilning 1-choragida Inspeksiya faoliyati bo‘yicha Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-03-31 15:30:00 / Jamoatchilik kengashi

Tadbirni Jamoatchilik kengashi raisi Zoir Kenjayev ochib berdi hamda ishtirokchilarni yig‘ilish kun tartibi bilan tanishtirdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati bo‘yicha keng jamoatchilikka hisobot berishi tartibi joriy qilinishi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar boyicha hisobot berildi.
Hisobot davrida 2026-yilda Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi komplayens xizmati faoliyati samarali tashkil etildi.
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan ichki me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solingan qayt etildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli masʼullarning hisobotlari eshitildi hamda Kengash aʼzolari tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi, qator takliflar va zaruriy tavsiyalar berildi.
OAV vakillari tomonidan sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni keng yoritish, bu boradagi targ‘ibotni kengaytirish borasida fikr almashildi.
