Oʻzenergoinspeksiya va Qirgʻiz Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Energetika nazorati xizmati delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-03-26 15:40:00 / Yangiliklar
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Oʻzenergoinspeksiya boshlig‘i Dadajon Isaqulov va delegatsiya direktori Zhanybek Alimbekovlar oʻz tashkilotlarining tuzilmasi va funksiyalari haqida maʼlumot almashdilar.

Uchrashuv davomida delegatsiya vakillari Oʻzenergoinspeksiya faoliyatini tashkil etish tizimiga, jumladan, energetika sohasida nazorat mexanizmlariga alohida qiziqish bildirdi. Oʻz navbatida, Qirgʻiz Respublikasi Energetika nazorati xizmati faoliyati haqida ham maʼlumot taqdim etildi.
Energiya taʼminoti ishonchliligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar avtomatik oʻchishlar sabablarini muhokama qilib, ularni tahlil qilish va oldini olish boʻyicha tajriba almashdilar.
Mazkur uchrashuv ikki mamlakat energetika inspeksiyalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda ilk qadam boʻlib, kelgusida tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
