Tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan parrandachilik fermasi fosh etildi
2026-03-24 16:30:00 / Yangiliklar
Tezkor tadbir

Oʻzenergoinspeksiya tomonidan Navoiy viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro U. B. Karmana tumanida noqonuniy parrandachilik fermasi tashkil qilib, hisoblagichdan tashqari tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 116 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
