Loyiha hujjatlarisiz elektr tarmog‘iga ulangan iste’molchiga chora ko‘rildi
2026-03-24 12:20:00 / Yangiliklar
nazorat

Samarqand viloyatining Payariq tumanida "P. Q. S." MChJga tegishli quvvati 160 kVA transformator punkti amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinmagan holda loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan o‘rnatilib, ishga tushirilganligi aniqlandi.
O‘zenergoinspeksiya tomonidan ushbu qoidabuzarlik yuzasidan iste’molchiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
