Buxoro shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
2026-03-14 09:10:00 / Yangiliklar
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 152 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Oʻzenergoinspeksiya tomonidan Buxoro shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro A. A. ga qarashli noturar binosida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 152 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
