Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi salbiy illatdir
2026-03-11 16:30:00 / Yangiliklar

Oʻzenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax va Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Adliya boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida unga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi, har bir davlat xizmatchisi hamda fuqaroning bu illatga qarshi kurashishda mas’ulyatini yanada oshirishga chuqur e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish jarayonlarini davom ettirish, komplayens-nazorat xizmatlarining faoliyatini yanada jadallashtirish hamda sohada bu borada amalga oshirilshi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mavzuga doir savol-javoblar o‘tkazildi.
