Samarqand shahrida 2,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi
2026-03-04 09:30:00 / Yangiliklar
Unga ko‘ra, fuqaro N. S. ga qarashli xonadonda 5 ta mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida noqonuniy mayning ferma fosh etildi.
Unga ko‘ra, fuqaro N. S. ga qarashli xonadonda 5 ta mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 milliard 295 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
