О‘ZBEKISTONDA UGLEROD-NEYTRAL IQTISODIYOTGA О‘TISHDA GENDER JIHATLARI HISOBGA OLINMOQDA
2025-11-13 11:50:00 / Yangiliklar

О‘ZBEKISTONDA UGLEROD-NEYTRAL IQTISODIYOTGA О‘TISHDA GENDER JIHATLARI HISOBGA OLINMOQDA
Kecha О‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida “О‘zbekistonda uglerod-neytral iqtisodiyotga о‘tish bо‘yicha genderga yо‘naltirilgan va adolatli yо‘l xaritasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida texnik davra suhbati о‘tkazildi.
Ushbu tashabbus О‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Energetika vazirligi tomonidan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) moliyaviy kо‘magi hamda BMT Xotin-qizlar tuzilmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Loyihaning maqsadi — О‘zbekistonning uglerod-neytral iqtisodiyotga bosqichma-bosqich о‘tishi jarayonida gender jihatlari hisobga olingan va adolatli yо‘l xaritasini tayyorlashdan iborat.
Davra suhbatida dastlabki tahlil natijalari hamda yо‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni taqdim etildi. Ishtirokchilar hujjatga kiritilishi mumkin bо‘lgan amaliy vositalar, shuningdek, gender tengligi va inklyuziv iqlim siyosatini rivojlantirish mexanizmlarini muhokama qildilar.
Yig‘ilish yakunlari bо‘yicha manfaatdor tomonlar hamkorlikni kuchaytirish va yо‘l xaritasini keyingi bosqichlarda samarali amalga oshirish yо‘llarini belgilab oldilar.
