Termiz shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi
2025-11-10 10:00:00 / Yangiliklar
Oʻzenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida joylashgan "O. V. U. S." MChJga qarashli mehmonxonada hisoblagichdan tashqari gaz qurilmalarini o‘rnatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 325,3 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.