Asosiy kontentga o'tish

“Rosatom” Davlat Korporatsiyasi Bosh Direktori Birinchi O‘rinbosarining O'zbekistonga safari: Kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilish loyihasining asosiy bosqichlari muhokamasi

2025-03-25 15:35:00 / Yangiliklar

“Rosatom” Davlat Korporatsiyasi Bosh Direktori Birinchi O‘rinbosarining O'zbekistonga safari: Kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilish loyihasining asosiy bosqichlari muhokamasi

2025-yil 24–25-mart kunlari “Rosatom” Davlat Korporatsiyasi atom energetikasi bo‘yicha bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, “Atomstroyeksport” AJ (ASE) prezidenti Petrov Andrey Yuvenalyevich O'zbekistonda ishchi tashrif bilan bo‘ldi.  
Tashrif doirasida kichik quvvatli atom stansiyasi (KQAES) qurilish loyihasi ishlarining tashkillashtirilishi, shuningdek, yadro yoqilg‘i yetkazib berish va ekspluatatsiya xodimlarini tayyorlash bilan bog‘liq asosiy masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan tezkor shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.  
Bundan tashqari, kun tartibiga katta quvvatli elektr stansiyasini qurish loyihasining istiqbollari, jumladan, uning ob’ekt hududida joylashivuni tahlil qilish, energetik infratuzilmaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan texnik va strategik jihatlarni baholash masalasi kiritildi.  
Tezkor shtabning asosiy maqsadi KQAES loyihasining joriy holatini baholash, birinchi navbatdagi bosqichlarning bajarilishini nazorat qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun strategik qarorlar ishlab chiqish bo‘ldi.

Qurilish Loyihasining Holati
Hozirgi kunda O‘zbekistonda KQAES qurilish loyihasi loyihalash bosqichida turibdi. Loyiha hujjatlari ishlab chiqish va respublikaning vakolatli organlarida keyingi ekspertizadan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan muhandislik tadqiqotlari olib borilmoqda. Tomonlar o‘rtasida muntazam ravishda ishchi yig‘ilishlar o‘tkazilib, unda uzoq muddatli ishlab chiqarish sikliga ega uskunalar uchun texnik talablar, texnik topshiriqlar, muhandislik tadqiqotlari dasturlari, loyiha jadvallari va protsedura hujjatlari kelishilmoqda.  
KQAES joylashadigan maydonda tabiiy muhit komponentlari, jumladan, seysmik monitoring, aerometeorologik, gidrogeologik va gidrologik tadqiqotlar bo‘yicha doimiy kuzatuvlar amalga oshirilmoqda. Olingan ma’lumotlar stansiyani loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, bu esa uning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlaydi. Loyiha doirasida Osiyo va Yevropaning ilg‘or avtomatlashtirilgan va noyob texnologiyalarga ega yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bunday yechimlarning integratsiyasi KQAESning samaradorligi va innovatsionligini oshirishga yordam beradi.

Yadroviy yoqilg‘i yetkazib berish
Tezkor shtabning muhokama markazida bo'lgan asosiy mavzularidan biri KQAES uchun yadro yoqilg‘isi yetkazib berish masalalarini muhokama qilish bo‘ladi. Tabiiy uran qazib olish va sotish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri sifatida O‘zbekiston kelajakdagi stansiyani yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun katta salohiyatga ega. Mahalliy xom ashyodan foydalanish yadroviy yoqilg‘i xarajatlarini optimallashtirishga imkon beradi, bu esa KQAESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi narxini pasaytiradi va respublikaning energetik mustaqilligini mustahkamlaydi.

Kadrlar tayyorlash
Yig‘ilish kun tartibida ekspluatatsiya xodimlarini tayyorlash masalasi muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda  MMFI MTYaU Toshkentdagi filialida taxminan 300 nafar talaba tahsil olmoqda. O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida KQAES mutaxassislari uchun nazariy tayyorgarlik uchun asos bo‘ladigan noyob ta’lim infratuzilmasi yaratildi. Bu ta’lim sifatini oshirish bilan birga kadrlar tayyorlash xarajatlarini optimallashtirishga yordam beradi. “Rosatom” Davlat Korporatsiyasi bilan birgalikda o‘zbek mutaxassislarining Bangladeshda qurilayotgan “Ruppur” AES kabi atom stansiyalarida amaliyot o‘tash mexanizmi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, KQAES qurilish loyihasi doirasida xodimlar stansiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yakuniy ta’limdan o‘tishi mumkin bo‘lgan to‘liq hajmdagi trenajyorli o‘quv-trenirovka markazi ko‘zda tutilgan.

Tezkor shtab ishi davomida kadrlar tayyorlash ko‘lami aniqlanadi, tomonlarning vazifalari taqsimlanadi va shartnoma tayyorlash uchun ishlarning qiymati kelishilishi rejalashtirlgan.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasini zamonaviy toza energiya manbai bilan ta’minlashga, shuningdek, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va xalqaro standartlarga mos keladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan.

391

Oxirgi yangilanish: 2025-03-26 17:19:49

“Rosatom” Davlat Korporatsiyasi Bosh Direktori Birinchi O‘rinbosarining O'zbekistonga safari: Kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilish loyihasining asosiy bosqichlari muhokamasi