Tinçlik atomi, Musaffo dunyo: Toşkentda ilk bor EcoAtomFest bölib ötdi
2026-10-27 15:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 24-oktyabr kuni “MMFI” MTYAU Toşkent filiali hududida EcoAtomFest ekologik festivali bölib ötdi. Kuzgi maktab va Impact Team ekologik oromgohining yakuniy qismi bölgan uşbu tadbir Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston hamda Rossiya yoşlarini birlaştirdi.
Birgalikda 50 tup şumtol daraxtining ekilişi festivalning boş maqsadi böldi. Mazkur aksiya Özbekistonning kökalamzorlaştiriş sohasidagi milliy ustuvor yönalişlariga töla hamohangdir: Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev taşabbusi bilan boşlangan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2030-yilga borib mamlakatning kökalamzorlaştirilganlik darajasini 14,2 foizdan 30 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Daraxt ekiş jarayonidan söng iştirokçilar mazmunli dasturga ötdilar: ösimliklarni parvarişlaş va mikrokökatlar yetiştiriş böyiça mahorat darslari, ekologiya hamda şahar tabiati haqida maʼruzalar, Toşkent quşlari bilan tanişuv, ekologik taşabbuslar muhokamasi va ijodiy ustaxonalar şular jumlasidandir. Tadbirning madaniy qismini Sirdaryo viloyatidagi “Nurli maskan” maktab-internati tarbiyalanuvçilari, Toşkent viloyatidan taşrif buyurgan ansambl hamda Divas Dance Studio jamoasining çiqişlari oçib berdi. Tadbir yakunda taşkilotçilar Özbekistonda ekologik madaniyatni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun faollarni taqdirladilar.
“Atrof-muhitni muhofaza qiliş öz xatti-harakatlariga masʼuliyat bilan yondaşişdan boşlanadi. EcoAtomFestda yoşlar nafaqat ekologik masalalarni muhokama qildilar, balki kökalamzorlaştiriş işlariga amaliy hissa ham qöşdilar”, — deya taʼkidladi “AES qurilişi direksiyasi”ning sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhit muhofazasi bölimi boşliği Aleksandra Xidirnazarova.
Şuningdek, iştirokçilarga “Rosatom”ning ekologik va ijtimoiy foydali loyihalarni grant asosida qöllab-quvvatlaş böyiça xalqaro tanlovi taqdim etildi. Bunday grantlar atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik taʼlim, volontyorlik va şahar muhitini rivojlantiriş sohasidagi ğoyalarni röyobga çiqarişga yordam beradi hamda mahalliy taşabbuslarni amaliy kömakka ega barqaror loyihalarga aylantiradi. Özbekiston mazkur tanlovda iştirok etişi mumkin bölgan davlatlar qatoriga kiradi.
EcoAtomFest taʼlim dasturi tabiatni asraş böyiça aniq amaliy harakatlar bilan uyğunlaşgan hamda Özbekiston yoşlarining yangi ekologik taşabbuslariga zamin yaratgan maydonga aylandi.









