Rostov viloyati O‘zbekistonga atom energetikasini rivojlantirishda yordam berishga tayyor
2024-09-26 14:10:00 / Yangiliklar

Bu haqda Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev @SputnikUzbekistan matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’lum qildi.
Atom elektr stansiyalari uchun butlovchi qismlarni, jumladan, kam quvvatlilarini yetkazib berish, bunday obyektlar xavfsizligini ta’minlash va kadrlar tayyorlash haqida gap bormoqda.
“Birinchi va eng muhimi — bu tayyorlangan kadrlar. O‘zbekistonlik hamkorlarimizga o‘qitish, jumladan, bunday obyektlarni ishga tushirish, ularning xavfsizligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p hollarda aholini tashvishga soladigan masalalarda yordam berish uchun yetarli malaka va tajribamiz bor”, — dedi gubernator.
Bu haqda batafsil eksklyuziv videoda tomosha qiling.
