MUSTAQILLIKKA ATALGAN IJOD
2026-09-01 09:00:00 / Yangiliklar

MUSTAQILLIKKA ATALGAN IJOD
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ‘O‘zatom” agentligida xodimlarni Vatan, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz yutuqlari mavzusi atrofida birlashtirgan ijodiy tanlov tashkil etildi.
Ishtirokchilar o‘z ijodiy g‘oyalarini uchta nominatsiya: “Eng yaxshi fotoalbom”, “Eng yaxshi qo‘shiq” va “Eng yaxshi she’r” yo‘nalishlarida namoyish etdilar. Har bir ijodiy ish Vatanga bo‘lgan muhabbatni ifodalash, tinchlik va mustaqillikning qadrini aks ettirish, shuningdek, O‘zbekistonning yillar davomida erishgan yutuqlarini namoyon etish imkonini berdi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazildi.


