ATOM ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRISHDA XAVFSIZLIK, EKOLOGIYA MASALALARI VA JAMIYATNING O‘RNI
2026-08-03 12:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga bag‘ishlangan “Qonunchilikdagi yangiliklar” ruknining uchinchi sonini e’tiboringizga havola etamiz.
Ushbu videoda Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi yuridik bo‘limi bosh mutaxassisi Dilnoza Sabirova quyidagi masalalarni tushuntirib beradi:
– atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish va xavfsizlik nazorati;
– AES qurilishining ekologik ta’siri hamda sohaning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shayotgan hissasi;
– fuqarolar va jamoat tashkilotlarining loyihalarda ishtirok etish hamda ularning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish huquqlari va imkoniyatlari.
Videoni YouTube tarmog‘idagi rasmiy kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
