Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yakunlari mavzularida o‘quv seminari o‘tkazildi
2026-07-14 09:50:00 / Yangiliklar

“O‘zatom” agentligi hamda AES qurilishi direksiyasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish hamda Atom energiyasi agentligining funksiyalarida 2026-yil uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yakunlari mavzularida o‘quv seminari o‘tkazildi
“O‘zatom” agentligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan “O‘zatom” agentligi markaziy apparati va AES qurilishi direksiyasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish hamda Agentlik funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni (yillik) baholash yakunlari yuzasidan xodimlarga batafsil tushunchalar berish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilariga korrupsiya illatining kelib chiqish tarixi, uning oqibatlari hamda mamlakatimiz va xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning dolzarbligi, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holda qabul qilingan qarorlar yoki tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quv seminari davomida Atom energiyasi agentligining funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni (yillik) baholash yakunlariga ko‘ra Agentlik direktori tomonidan korrupsion xavf-xatarlar xaritasi va xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha dastur tasdiqlangani hamda Agentlik tarkibiy bo‘limlari va tizim tashkilotlari, tegishliligi bo‘yicha, xarita va dasturda belgilab berilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni bajarib borishlari va ushbu yuzasidan ma’lumotlarni agentlikning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasiga taqdim etib borishlari lozimligi ta’kidlandi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda bunday seminarlarni doimiy ravishda o‘tkazib turish xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurash hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yo‘nalishidagi ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi e’tirof etildi.




