“ATOM ENERGIYASIDAN TINCHLIK MAQSADLARIDA FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN: DAVLAT ORGANLARINING VAKOLATLARI HAQIDA
2026-07-06 09:00:00 / Yangiliklar

“Qonunchilikdagi yangiliklar” rukni doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga bag‘ishlangan videolar turkumi davom etmoqda. Navbatdagi videoda Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi yuridik bo‘limi bosh mutaxassisi Dilnoza Sabirova atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi qaysi ekani, maxsus vakolatlarga ega davlat organlari qanday vazifalarni bajarishi hamda mahalliy hokimiyat organlarining sohani xavfsiz rivojlantirishdagi o‘rni haqida savollarga javob beradi. Videoning to‘liq talqinini YouTube tarmog‘idagi sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.
