Toshkent shahridagi MMFI Milliy tadqiqot yadro univetsitetining filialida korrupsiyaga qarshi kurashishva manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish mavzusidao‘quv seminari o‘tkazildi
2026-06-26 09:00:00 / Yangiliklar

“O‘zatom” agentligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan Toshkent shahridagi MMFI Milliy tadqiqot yadro univetsiteti filialining boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha xalqaro va milliy normativ hujjatlar, qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha axborot berish hamda xodimlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik ruhiyatini shakllantirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va mazkur qonunga muvofiq korrupsiya tushunchasining ta’rifi hamda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
1. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
2. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iborat ekanligi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarini tartibga solishning dolzarbligi sababli, 2024-yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingani hamda ushbu qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi yuzasidan ma’lumot berildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “favqulodda holat” e’lon qilinganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar so‘ngida barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Shuningdek, bunday seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini hamda huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.





