Umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan ijodiy tanlovlar
2026-05-29 09:00:00 / Yangiliklar

“O‘zatom” agentligida “Eng yaxshi fotoalbom”, “Eng yaxshi qo‘shiq” va “Eng yaxshi she’r” nominatsiyalari bo‘yicha ijodiy tanlovlar tashkil etildi. Ularning maqsadi umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va g‘oyaviy jihatlarini aks ettiruvchi ijodiy ishlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Shuningdek, tanlovlar bayramlar mazmunini yetkazishning yangi usul va yondashuvlarini izlash, madaniy rang-baranglikka qiziqishni rivojlantirish va uni keng targ‘ib etishga qaratilgan.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan ““O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazildi.


