“ATOM ENERGIYASIDAN TINCHLIK MAQSADLARIDA FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MOHIYATI
2026-06-12 09:00:00 / Yangiliklar

“Qonunchilikdagi yangiliklar” rukni doirasida Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi yuridik bo‘limi bosh mutaxassisi Dilnoza Sabirova “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Videolavhada qonunning asosiy maqsad va vazifalari, atom energiyasidan xavfsiz foydalanishning huquqiy asoslari, shuningdek, uning sohani rivojlantirish va milliy qonunchilik bazasini takomillashtirishdagi ahamiyati yoritildi.
