O‘ZBEKISTONDA AES QURILISHI AYOLLARNI ATOM SANOATIGA JALB ETISH UCHUN KENG IMKONIYATLAR ESHIGINI OCHMOQDA
2026-04-20 18:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 20-aprel kuni "O‘zatom" agentligida O‘zbekiston va Rossiya atom sanoati ayollarining seminar-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jizzax viloyatida birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasida ishtirok etayotgan MMFI MTYAU Toshkent filiali rahbarlari, muhandislari, loyihachilari, yosh mutaxassislari va talabalarini bir joyga to‘pladi.
"O‘zatom" agentligi rahbariyati o‘z nutqida atom sanoatida ayollar professional hamjamiyatini rivojlantirish kadrlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Ishtirokchilar atom elektr stansiyasini loyihalash va uskunalarni yaratishda ayollarning ishtirokidan tortib, bevosita qurilish maydonida kranchilar va muhandis-konstruktorlarning ishigacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.
Bizning hamkorligimiz keng qamrovli: atom sanoati hayotning barcha sohalarini rivojlantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga turtki beradi. Biz raqsdagi karyerasidan so‘ng zavodda ishlashni tanlagan "ZIO-Podolsk"ning eng yosh xodimasi haqidagi ajoyib hikoyani eshitdik. Sanoat kooperatsiyasi bilan birga mamlakatlarimiz atom sanoati ayollari o‘rtasida muloqot rivojlanib borayotgani muhim ahamiyatga ega. Ishonchim komilki, ayollar hamjamiyatlarining qo‘shma loyihalari va professional ayollarning "yumshoq kuchi" umumiy loyihalarning muvaffaqiyati uchun ishonchli tayanch bo‘ladi," - dedi "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktorining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Tatyana Terenteva.
"Rosatom"da 400 mingdan ortiq xodim ishlaydi, ularning 32 foizi ayollardir (taxminan 140 ming ayol). Yuqori texnologiyali sanoat tarmog‘i uchun bu yuqori ko‘rsatkich. Dunyo bo‘yicha o‘rta hisobda atom sanoatida ayollarning ulushi 24 foizdan, yuqori bo‘g‘in rahbarlari orasida esa 20 foizdan oshmaydi. Rosatomda bu raqamlar mos ravishda 32% va 26% ni tashkil etadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston atom sanoatida ayollar nafaqat an’anaviy sohalarda, balki asosiy texnik yo‘nalishlarda ham muvaffaqiyatli mehnat qilmoqda. "O‘zatom" mutaxassislari yadro va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi, milliy standartlar va reglamentlarni ishlab chiqadi, ish sifatini boshqarish va yuqori texnologiyali uskunalarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Loyihada xotin-qizlarning ishtiroki kengayishi soha rivojiga va mamlakat iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi. Shu bois, bugungi konferensiya kabi qo‘shma tadbirlar ayollarning kasbiy mahorati juda zarur bo‘lgan muhandislik, texnik va kasblarini ommalashtirish uchun muhim maydonga aylanmoqda," - dedi yig‘ma-tahliliy va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, "O‘zatom" agentligi direktori maslahatchisi, Agentlik Xotin-qizlar kengashi rahbari Rozaliya Kamayeva.
O‘zbekiston kichik va katta quvvatli reaktor bloklarini bir maydonda joylashtiradigan dunyodagi birinchi davlat bo‘ladi. AESlarning faol qurilishi davrida kadrlar siyosati alohida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, unda ayollar asosiy rol o‘ynaydi. Hozirda O‘zbekiston atom sanoatida xotin-qizlarning ulushi qariyb 35 foizni tashkil etadi - bu "O‘zatom" agentligi va uning bo‘linmalari (AES qurilishi direksiyasi va MTYaU MMFI Toshkent filiali) dagi 263 nafar xodimdan 94 nafari ayollardir. Kelgusi yillarda bu ko‘rsatkich yanada oshadi.
Konferensiyaning ahamiyatli tomoni "O‘zatom" agentligi Xotin-qizlar kengashi va Rosatom Xotin-qizlar hamjamiyati o‘rtasida bir yil avval imzolangan Memorandumni rivojlantirish maqsadida 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘l xaritasining imzolanishi bo‘ldi.
Bugun biz O‘zbekiston va Rossiya atom sanoati ayollari o‘rtasida tizimli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratdik. Imzolangan Yo‘l xaritasi ayollarimizning AES qurilishida kasbiy o‘sishi, tajriba almashishi va malakasini oshirish uchun haqiqiy vositadir.
Qo‘shma loyihalar, texnik turlar, mentorlik dasturlari, aloqa tashabbuslari va xalqaro muhokama maydonlari nafaqat kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, balki muhandislik kasbining qiyofasini o‘zgartirishga, uni iqtidorli ayollar va qizlar uchun yanada jozibador qilishga yordam beradi.
Kranlar, og‘ir yuk mashinalari, muzyorarlarni boshqarish, payvandlash, atom elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish - bularning barchasi ayollarimizning kasbiy mahorati uchun odatiy muhitga aylanmoqda," - dedi Rosatom Ayollar hamjamiyati rahbari Aleksandra Ryabix.
