Har yili 26-aprel kuni butun dunyoda Xalqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi.
Ushbu kunda ijodiy va innovatsion faoliyat natijalarini himoya qilishning ahamiyati, shuningdek, intellektual mulkning fan, madaniyat va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni ta’kidlanadi.
U g‘oyalari va ishlanmalari texnologik taraqqiyotga va jamiyat hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadigan ixtirochilar, mualliflar, tadbirkorlar va tadqiqotchilarni birlashtiradi.
Intellektual mehnatni hurmat qilish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va mazkur sohada huquqiy madaniyatni rivojlantirish davlatning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligining muhim shartidir.

