Mahalla tizimi xodimlari kuni
2026-03-22 09:00:00 / Yangiliklar

22-mart kuni O‘zbekiston Respublikasida kasb bayrami — Mahalla tizimi xodimlari kuni nishonlanadi.
Mahalla xalqimizning azaliy qadriyatlari beshigi, ahillik va hamjihatlik maktabi hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim tayanchidir. Aynan mahalla tizimi xodimlari davlat va fuqarolar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi hamda har bir oilaga birinchilardan bo‘lib yordamga keladi.
2020-yilda ta’sis etilgan ushbu bayram mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi asosiy bo‘g‘in sifatidagi yuksak maqomining yorqin tasdig‘i bo‘ldi.
Barcha mahalla tizimi xodimlari va faollarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, bitmas-tuganmas bunyodkorlik g‘ayrati, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va xonadonlaringizga baraka tilaymiz!
