O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lgan kun
2026-03-02 09:00:00 / Yangiliklar

2-mart — O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun. Mustaqillik e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, 1992-yil 2-mart kuni tarixiy voqea yuz berdi — O‘zbekiston Respublikasi BMTning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Shu kuni Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tantanali ravishda ko‘tarildi.
Hamkorlikning muhim bosqichlari:
- 1993-yil 24-oktabrda Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi.
- Shu bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi vakolatxonasi ham o‘z ishini boshladi.
- Shuningdek, O‘zbekiston BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — YUNESKOning ham faol a’zosi hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va BMT tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda.
