Sport korporativ madaniyatning ajralmas qismi
2026-03-17 15:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 824-sonli qaroriga hamda Agentlik direktorining 2026-yil uchun tasdiqlangan sport tadbirlari rejasiga muvofiq, joriy yilning 13-mart kuni Toshkent shahrida “O‘zatom” agentligi va AES qurilishi direksiyasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o‘rtasida bouling bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir Agentlikning jamoaviy ruhni mustahkamlash, jismoniy tarbiyani rivojlantirish va xotin-qizlar jamoasini muntazam sport mashg‘ulotlariga faol jalb etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosati doirasida tashkil etildi. Bunday musobaqalarni o‘tkazish sog‘lom ish muhitini shakllantirish, xodimlarning rag‘batini oshirish hamda kasbiy faoliyat va shaxsiy kamolot o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.
Ishtirokchilar yuqori tayyorgarlik, diqqatni jamlash qobiliyati va musobaqaga jiddiy yondashuvni namoyish etdilar.
Barcha raundlar davomida kurash qizg‘in va halol ruhda o‘tdi, bu esa xolis natijalarga ko‘ra eng kuchlilarni aniqlash imkonini berdi. Musobaqda bouling qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda, barcha urinishlar qayd etilib, ochkolar real vaqt rejimida hisoblab borildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin — Bahodirova Mavluda
2-o‘rin — Jumaniyozova Aziza
3-o‘rin — Gabbarova Ilmira
“O‘zatom” agentligi barcha ishtirokchilar tomonidan namoyon etilgan yuksak intizom, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va mahoratni alohida ta'kidlagan holda, g‘olib va sovrindorlarga tegishli mukofotlar, diplomlar va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Muntazam sport tadbirlarini o‘tkazish Agentlik ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi va direktor tomonidan tasdiqlangan 2026-yilga mo‘ljallangan rejaga qat’iy nazoratga muvofiq ravishda davom ettiriladi.
Yaqin kunlarda barcha toifadagi xodimlar uchun yana salomatlikni mustahkamlash va jamoa jipsligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha musobaqalar hamda jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
