"O‘zatom" agentligi va Yaponiyaning Muroosystems Corporation kompaniyasi dunyodagi birinchi to'liq KMR energiyasi bilan ishlaydigan ma’lumotlar markazi loyihasini amalga oshirmoqda
2025-12-20 13:15:00 / Yangiliklar

"O‘zatom" agentligi Yaponiyaning Muroosystems Corporation kompaniyasi bilan hamkorlikda kichik modulli reaktorlar (KMR) tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlanadigan ma’lumotlar markazini yaratish bo‘yicha noyob xalqaro loyihani amalga oshirmoqda.
Loyiha KMR tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan, 50 MVt energiya iste’moli rejalashtirilgan ma’lumotlar markazini qurishni nazarda tutadi. Bunday yondashuv atom energiyasi ishlab chiqarishga barqaror va bashorat qilinadigan talabni shakllantirish, AES quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Tashabbusning asosiy xususiyati atom energetikasi va raqamli infratuzilmani integratsiyalashdir: ma’lumotlar markazi faqat KMR tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan quvvat oladi. Bu loyihani dunyoda o‘z turida birinchi qiladi va yuqori energiya sarflaydigan IT obyektlari uchun yangi standartni belgilaydi.
Loyiha barqaror raqamli yechimlarni rivojlantirish, energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish va atom energiyasidan foydalanishning innovatsion modellarini joriy etish imkoniyatlarini yaratadi. Tashabbus amalga oshirilishi natijasida kichik modular reaktorlarning yuqori yuklamali texnologik obyektlar uchun samarali va ishonchli elektr energiyasi manbai sifatidagi salohiyati namoyon bo‘lmoqda.
"O‘zatom" agentligi va Muroosystems Corporation o‘rtasidagi hamkorlik xalqaro texnologik sheriklikning yuksak darajasini aks ettiradi hamda shunga o‘xshash loyihalarni yanada rivojlantirish va kengaytirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
