8-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI
2025-12-11 08:00:00 / Yangiliklar
8-dekabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-noyabr - Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan farmoyishiga muvofiq, mamlakatimiz bo‘ylab "Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!" degan bosh g‘oya ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mamlakatimizning Asosiy qonuni fuqarolar huquq va erkinliklarining mustahkam poydevori, kafolati, tinchlik va barqarorlik asosidir.
"O‘zatom" agentligi sizlarni ushbu muhim davlat bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Har bir xonadonda tinchlik, totuvlik va farovonlik hukm sursin!
https://www.youtube.com/watch?v=fV_cwGixLEY
