BU YIL O‘ZBEKISTON MUHIM SANA – KONSTITUTSIYAMIZNING 33 YILLIGINI NISHONLAMOQDA
2025-11-27 20:00:00 / Yangiliklar
Konstitutsiya kunini keng va munosib nishonlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Farmoyishi qabul qilindi.
Konstitutsiyamizning 33-yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
8-dekabr bayrami "Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!" shior ostida o‘tkaziladi.
Ushbu shior mamlakatdagi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan huquqiy davlat tamoyillariga qat’iy sodiqligini aks ettiradi.
https://www.youtube.com/watch?v=e3R3FylW0AY
