Jamoatchilik eshituvi
2025-11-24 18:20:00 / Yangiliklar

E’LON!
2025-yil 23-dekabr kuni 11:00 da Jizzax viloyati, Forish tumani, Bog‘don aholi punkti, 30-son Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari bo‘lib o‘tadi.
AESNING ASOSIY TEXNIK KO‘RSATKICHLARI
Umumiy quvvati: 2110 MVt;
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish: 16-17 mlrd kVt·soat;
O‘zbekistonning energiya balansidagi ulushi: 12-15%;
Ekspluatatsiya muddati: 60-yil;
Yangi ish o‘rinlari:
- 13 000 nafargacha qurilish davrida;
- 2 000 nafargacha ekspluatatsiya davrida.
O‘zbekiston Respublikasida AES qurilishi loyihasi bosh pudratchisi "Atomstroyeksport" AJ bo‘lib, u atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha dunyoda eng katta eksport shartnomalari portfeliga ega "Rosatom" Davlat korporatsiyasining muhandislik divizioni hisoblanadi.
Loyiha xavfsizlik nuqtayi nazaridan atom enegetikasi sohasida eng ilg‘or texnologiyalardan hisoblangan VVER-1000 hamda RITM-200N reaktorlaridan iborat AES qurilishini ko‘zda tutadi.
AESning atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallari asosida ishlab chiqilgan texnik xususiyati bo‘lmagan rezyume bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
QAYTA ALOQA
Loyiha bo‘yicha takliflaringizni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishingiz mumkin:
info@uzatom.uz
direksiyaaes@uzatom.uz
Jamoatchilik vakillarini va barcha manfaatdor tomonlarni jamoatchilik eshituvlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!


