Suv xöjaligidagi islohotlar yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi
2026-11-19 15:30:00 / Yangiliklar

Unda suv xöjaligi vaziri Şavkat Xamrayev iştirok etib, sohada amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, iqlim özgarişi va suv resurslariga talab ortib borayotgan şaroitda suvdan oqilona foydalaniş, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş hamda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş ustuvor vazifalardan biriga aylangan.
Joriy yilgi suğoriş mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ğalla, paxta va boşqa qişloq xöjaligi ekinlaridan möl hosil olindi.
2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, kanallarni betonlaştiriş, raqamlaştiriş va agrotexnik tadbirlar hisobiga 10 milliard 690 million kub metr suv tejaldi.
Xususan, suv tejovçi texnologiyalar va yerlarni lazerli tekislaş hisobiga 4,9 milliard, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlaş va betonlaştiriş natijasida 3,1 milliard kub metrdan ortiq suv iqtisod qilindi.
Joriy yilda Davlat byudjeti mablağlari hisobidan 1 ming kilometr kanal betonlaştirildi. Natijada vazirlik tizimidagi beton qoplamali magistral va xöjaliklararo kanallarning umumiy uzunligi 12,7 ming kilometrga yetdi. Yil yakuniga qadar yana 200 kilometr kanalni betonlaştiriş rejalaştirilgan.
Suv tejovçi texnologiyalar qamrovi ham izçil kengaymoqda. 2017-yilda bunday texnologiyalar 28 ming gektar maydonda qöllanilgan bölsa, bugungi kunda 2,8 million gektarga, ya’ni suğoriladigan maydonlarning 65 foiziga yetdi.
Sohani raqamlaştiriş doirasida 13 ming 310 ta suv xöjaligi obyektiga «Aqlli suv» qurilmalari örnatildi, 106 ta yirik obyekt avtomatlaştirildi.
«Suv hisobi» axborot tizimi orqali 97,5 mingta suvdan foydalanuvçi bilan şartnomalar rasmiylaştirilib, 817 mingta dalolatnoma elektron şaklda tuzildi.
Şuningdek, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida 4 ming 300 kilometr kanal tozalandi, 3 ming 30 ta gidrotexnika inşooti va 3 ming 220 ta gidropost ta’mirlandi.
Yil yakuniga qadar suv tejaş hajmini 11 milliard kub metrga yetkaziş, irrigatsiya infratuzilmasini yaxşilaş va raqamli boşqaruv imkoniyatlarini kengaytiriş rejalaştirilgan.
Anjuman yakunida vazir ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarning savollariga javob berdi.
Axborot xizmati





