Korrupsiyaga qarshi kurashish — har bir xodimning vazifasi
2026-10-14 19:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, suv xo‘jaligi tizimida korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga to‘xtalindi.
Seminar ishtirokchilariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Mazkur hujjatlarda belgilangan talablar, xodimlarning huquq va majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday holatlar yuzaga kelganda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, xizmat vakolatlaridan foydalanishda xolislikni saqlash, korrupsiyaviy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va ichki nazorat talablariga qat’iy rioya etish zarurligi qayd etildi.
Tadbir yakunida xodimlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, boshqarma faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.



