Kibexavfsizlni ta`minlash — ustuvor vazifa
2026-10-16 18:35:00 / Yangiliklar

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonuni hamda vazirlikning 2026-yilga mo‘ljallangan axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi doirasida tashkil etildi.
Seminarda suv xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalar keng joriy etilayotgan sharoitda axborot tizimlarining xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish va xodimlarning kibertahdidlar haqidagi xabardorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
«Kiberxavfsizlik markazi» davlat muassasasi mutaxassislari axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash, maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish, ehtimoliy kiberxavflarni barvaqt aniqlash hamda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, «WHITE HAT» MCHJ mutaxassisi O‘zMSt 816:2025 milliy standarti talablari asosida ishlab chiqilgan Suv xo‘jaligi vazirligining «Axborot xavfsizligi siyosati»ni taqdim etdi. Taqdimotda hujjatning mazmun-mohiyati, unda belgilangan talablarni amaliyotga tatbiq etish hamda axborot tizimlari va elektron ma’lumotlardan xavfsiz foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.
Seminar yakunida mutaxassislar ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berdi.









