Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — sohadagi ustuvor vazifa
2026-07-22 18:30:00 / Yangiliklar

Unda Suv xo‘jaligi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i Oybek Abdug‘aniyev, Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Saidakbar Xojiyev, havza boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Rizzayev hamda viloyatdagi tizim tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda irrigatsiya tizimlari va katta magistral kanallar boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, meliorativ ekspeditsiya, Suv nazorati inspeksiyasi hamda tumanlardagi «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tizimda byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, davlat xaridlarining ochiqligini ta’minlash va xodimlarning xizmat vazifalariga vijdonan yondashishi muhimligini ta’kidladi.
Ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida bartaraf etish, davlat xaridlari va moliyaviy jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tizim tashkilotlarida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavflar, xizmat munosabatlarida qonunchilik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda nazorat mexanizmlarini samarali ishlatish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Muloqot davomida amaliyotda uchraydigan holatlar misolida davlat xaridlari, byudjet mablag‘laridan foydalanish, manfaatlar to‘qnashuvi va xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq xavflar tahlil qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha vazirlik va agentlik mutaxassislaridan javob oldilar.
Tadbir yakunida ichki nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaviy xavflarni muntazam baholab borish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.





