Qirg‘iz Respublikasi Suv resurslari xizmati direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-06-16 15:10:00 / Yangiliklar
Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari – Suv resurslari xizmati direktori Almazbek Jeenaliyev bugun Suv xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi samimiy do‘stlik va ishonch tufayli mamlakatlarimiz munosabatlari yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida izchil rivojlanib borayotgani ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, bu jarayonda ilmga e’tibor, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlar haqida mehmonga ma’lumot berildi.
Almazbek Jeenaliyev Suvchilar maktabi, kutubxona, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti laboratoriyalari, kompozit materialdan sug‘orish lotoklarini ishlab chiqarish bilan tanishdi.








