Onlayn muloqotda andijonlik suv iste’molchilarining murojaatlari tinglandi
2026-05-26 18:15:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida hududdagi suv ta’minoti, suv taqsimoti, ichki ariq va kanallarni tozalash, sug‘orish tarmoqlarining texnik holati, nasos agregatlari faoliyati hamda sug‘orish mavsumini betalafot o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, fermer va tomorqa yer egalarini qiynayotgan muammolar, jumladan hududlarda suv bosimining pastligi, ichki tarmoqlarni ta’mirlash, kanal va ariqlarni tozalash hamda suv yetkazib berishdagi uzilishlarga oid murojaatlar eshitildi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarning axboroti eshitilib, ayrim masalalar joyida hal qilingan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ullarga belgilangan muddatlar hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi..
Qabul davomida mutasaddilarga suv iste’molchilari bilan doimiy muloqot olib borish, har bir murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni sun’iy cho‘zmasdan hal etish hamda sug‘orish mavsumida suv ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.









