Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari G‘uzorda sayyor qabul o‘tkazdi
2026-05-25 18:45:00 / Yangiliklar

Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ilhom Jo‘rayev ishtirokida o‘tkazilgan qabulda fermerlar, tadbirkorlar, mahalla faollari, suv xo‘jaligi tizimi xodimlari hamda aholi vakillari qatnashdi.
Qabul davomida fuqarolarning suv ta’minoti, suv taqsimoti, ichki tarmoqlar holati, xizmat ko‘rsatish sifati va sohadagi ayrim tashkiliy masalalar bo‘yicha murojaatlari eshitildi.
Har bir murojaat mutasaddilar tomonidan atroflicha tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabul davomida mutasaddi rahbarlarga aholi murojaatlariga rasmiyatchilik asosida emas, amaliy natija nuqtayi nazaridan yondashish, muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va fuqarolar bilan doimiy muloqotni kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.



