Har bir murojaat nazorat va e’tiborda
2026-05-22 18:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda aholi murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Seminarda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Omonov ishtirok etib, murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyat va tezkorlik muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
— Har bir murojaat ortida insonning muammosi, talabi va ishonchi turadi, — dedi S. Omonov. - Shuning uchun murojaatlarni ko‘rib chiqishda rasmiyatchilikka emas, natijaga ishlash muhim.
Tadbir davomida xodimlarga murojaatlarni tahlil qilish, ularni tizimli hal etish, takroriy murojaatlarni kamaytirish hamda ijro nazoratini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, sohada aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarga mas’uliyat bilan yondashish va fuqarolar roziligini ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi.






