Topshiriqlar ijrosi amalda
2026-05-06 13:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 4-5-may kunlari tuman "Suv yetkazib berish xizmati" DMga qarashli suv xo‘jaligi obyektlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
"Suv yetkazib berish xizmati" DM rahbarining xizmat xonasida mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan yig‘ma jildlar to‘plami shakllantirilib, amaldagi qonunchilikka oid hujjatlar, ish reja va boshqa zarur materiallar bilan to‘ldirildi.
Ma’muriy binoda suv xo‘jaligi xodimlari korrupsiyaga qarshi munosabatda ekanligini aks ettiruvchi bannerlar bilan jihozlash choralari ko‘rildi.
— So‘ngi yillarda byurokratiya va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashish mamlakatimizda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanganligi, shu maqsadda biz korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud tendensiyalarni tahlil qilgan holda, sohada saqlanib qolayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olishimiz zarurligi va bu borada barchamiz birgalikda qat’iy harakat qilishimiz kerak — dedi Agentlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i S.Xodjiyev.
Bundan tashqari, tumanning Beshchashma MMTP hududidagi Eshmaxammad Annayev fermer xo‘jaligining ichki ariqlarni tozalash uchun texnikalar jalb qilinib, 3 km uzunlikdagi qismi loyqa va o‘t-o‘lanlardan tozalandi.




