Suv tejash — davr talabi
2026-05-06 10:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda ustuvor vazifalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
- Bugungi kunda suv resurslaridan oqilona foydalanish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi, - deydi tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi rahbari M.Turniyazov. - Suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish orqali nafaqat suv sarfini kamaytiradi, balki hosildorlikni oshirishga ham erishiladi.
Seminar davomida ishtirokchilarga suvni samarali ishlatishning ilg‘or usullari, zamonaviy texnologik yechimlar va ularni fermer xo‘jaliklarida amaliyotga tatbiq etish yo‘llari bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, amaliy misollar asosida yangi texnologiyalarning afzalliklari keng yoritildi.






