Kanal va ariqlar ta’miri — sug‘orish samaradorligini oshirmoqda
2026-05-05 18:30:00 / Yangiliklar

Xususan, mahalla va qishloqlar hududidan o‘tuvchi kanal hamda ariqlarni rekonstruksiya qilish, ularning o‘zanini betonlashtirish orqali suv oqimini barqaror va yo‘qotishlarsiz yetkazib berish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda tumandagi Bobur, Talipoya, Savrak, Quyi Savrak, Yangiqishloq, Ko‘rishkent, Bog‘iafzal, Yangiariq, Iskogare hamda Boboato hududlarida umumiy qiymati 13 milliard so‘mni tashkil etuvchi 35 kilometr uzunlikdagi suv yo‘llarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Mazkur ishlar yakunlangach, sug‘orish tizimi samaradorligi sezilarli darajada oshib, dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi.
Shu bilan birga, tumanda “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining birinchi bosqichi doirasida ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Mirzoqul, Xorkash, Bobur, Tezguzar mahallalari hamda Do‘rman va Pashmon hududlaridagi xo‘jaliklararo ichki ariqlar betonlashtirilmoqda. Umumiy uzunligi qariyb 16 kilometrni tashkil etuvchi ushbu ishlar uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ariqlarning betonlashtirilishi suvni tejash bilan birga, uning ekin maydonlarigacha yo‘qotishsiz yetib borishini ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


