Suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash qamrovi izchil kengaymoqda
2026-05-04 18:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida mazkur fermer xo‘jaligining 17 gektar yer maydonida “Shinjon usuli” asosida ekilgan paxta misolida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish mexanizmlari, ularni o‘rnatish, ishga tushirish tartibi hamda iqtisodiy va agrotexnik afzalliklari atroflicha tushuntirildi.
Qayd etilganidek, ushbu usul suv resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati ham batafsil tushuntirildi.
Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar davlat byudjeti hisobidan, qishloq xo‘jaligi mahsuloti va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturda joriy etilgan texnologiya uchun faqat bir marta ajratilishi belgilandi.
Uchrashuv yakunida fermerlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.



