Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi ishga taklif qiladi
2026-05-01 18:35:00 / E`lonlar

Bo‘sh ish o‘rni: Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi bosh mutaxassisi
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi hamda Iqtisodiyot, Moliya, Soliq, Audit, Tizimli tahlil, Menejment, Axborot texnologiyalari, Yurisprudensiya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (magistr va boshqa ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi) hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi.
- Davlat tilini mukammal darajada bilishi (suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi inobatga olinadi); xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi.
- Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, Power Point va h.k); ijro intizomi idoralararo elektron tizimi – edo.ijro.uz; normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi – project.gov.uz hamda boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, sohaga oid qinunchilik hujjatlarini hamda normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar hamda standartlarni ishlab chiqish va ular bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi.
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatlilik, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, strategik maqsadlarga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega nomzodlarga afzalliklar beriladi.
- Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun talablariga va cheklovlarga mos bo‘lishi.
- Tadbirkorlik subebklarida ishtirokchi bo‘lmasligi lozim.
Ish vaqti: Dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Ish haqi tegishli lavozimidan kelib chiqib to‘lanadi.
Arizalar 2026-yil 5-mayga qadar https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/104794 sayti orqali qabul qilinadi:
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun telefon raqami: +998-71-202-47-34.
