“Avval-Log‘on” nasos stansiyasida talabalar amaliyoti tashkil etiladi
2026-04-25 10:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, 2026-yil 20-aprel kuni “Avval-Log‘on” nasos stansiyasini foydalanishga topshirishda Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari A.Tursunov, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori, Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi S.Isayev, Farg‘ona tumani hokimi X.Inomov hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Mazkur yirik infratuzilma obyekti Jahon banki moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Xitoy qurilish kompaniyasi tomonidan barpo etildi.
“Avval-Log‘on” nasos stansiyasi Farg‘ona tumanidagi 5 ming gektar ekin maydonlarini suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu yerda dual ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya”, “Gidrotexnik qurilish”, “Gidrotexnika inshootlarida nasos stansiyalaridan foydalanish” va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” yo‘nalishlari talabalari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlari hamda ularning yashash sharoitlarini tashkil etish masalalari yuzasidan kelishib olindi.


