O‘zbekiston-2030 strategiyasi ijrosi: “Qalandar” kanalida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
2026-05-02 17:55:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli “Qalandar” kanalida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur kanal 1986-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, tuproq o‘zanli inshoot hisoblanadi. Kanalning umumiy uzunligi 3,6 kilometrni tashkil etib, “Shahob” kanalining PK 51+20 nuqtasidan suv oladi.
Kanal orqali 1230 gektardan iborat aholi tomorqalari hamda fermer xo‘jaliklarining sug‘oriladigan ekin maydonlari suv bilan ta’minlanadi.
Kanalning PK 05+40 nuqtasida Oqdaryo daryosi ustidan diametri 1000 mm bo‘lgan temir quvur orqali suv o‘tkazilgan bo‘lib, uning uzunligi 110 metrni tashkil qiladi. Ayni vaqtda quvurning chirishi oqibatida mazkur hududda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.




