Suv xo‘jaligida ilm va amaliyot uyg‘unlashmoqda
2026-05-02 09:45:00 / Yangiliklar

2025-yilda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi Xorazm mintaqaviy markazi tomonidan mazkur fermer xo‘jaligining suv olish nuqtasida zamonaviy o‘zgarmas-o‘zan gidroposti qurilib, raqamlashtirilgan edi. Bu inshoot suv hisobini aniq yuritish va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Seminarda tuman hokimi M. Abdullayev, viloyat hokimi maslahatchisi - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori B. Matyoqubov, Suv xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi a’zolari, shuningdek, viloyat va tuman suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbar va mutaxassislari, fermerlar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida olimlar tomonidan ichki xo‘jalik kanallarida suv hisobini to‘g‘ri tashkil etish, gidropost turini tanlash, uni qurish va hujjatlashtirish, shuningdek raqamlashtirish jarayonlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Fermerlarga ushbu yo‘nalishda tayyorlangan metodik bukletlar ham taqdim etildi.
Shuningdek, tadbirda fermer xo‘jaligida joriy etilgan innovatsion yechimlar namoyish etildi. Xususan, nasos agregati uchun quyosh panellari o‘rnatilib, muqobil energiya manbalaridan foydalanish samarasi tushuntirildi. Bu esa elektr xarajatlarini kamaytirish va energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, xo‘jalikning 22 gektar maydonida “Shinjon usuli” asosida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimi misolida suvni tejash, o‘g‘itlash va sug‘orish jarayonlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.



