❗️ Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi
2026-04-30 08:40:00 / Yangiliklar

🔰 Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.
🔗 Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.
📝 Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
📚 Arizaga quyidagilar ilova qiladi:
▫️ suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Tomchi-reyestr” ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
▫️ loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
▫️ ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).
💰 Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.
