Qashqadaryoda prezident qarori ijrosi amalda: Mas’ullar hududlardagi ishlar bilan tanishdi
2026-04-29 09:45:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida hududlarda suv tanqisligini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, suv tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish, kanallarni loyqalardan tozalash va irrigatsiya hamda melioratsiya tizimlari samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mutaxassislar tomonidan suv resurslarini samarali boshqarish, suvni belgilangan vaqt va hajmda manzilga yetkazish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, viloyatda soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish maqsadida universitetning Gidromelioratsiya, Geodeziya va geoinformatika hamda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetlari talabalari amaliyotini dual ta’lim asosida tashkil etish bo‘yicha reja-grafiklar ishlab chiqildi.


