Siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi
2026-04-24 12:05:00 / Yangiliklar

Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda jamiyat hayotidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatchilari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat intizomi va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikrlar almashildi. Bu borada har bir xodimning halollik tamoyillariga amal qilishi va qonun ustuvorligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Siyosiy-ma’rifat soati davomida xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, kasbiy faoliyatda mas’uliyatni kuchaytirish hamda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar berildi.







